12:04 / 18.08.2015
8186

Dunyodagi eng qimmat avtokolleksiya 67 million dollarga sotildi

Dunyodagi eng qimmat dabdabali avtomobillar kolleksiyasi Kaliforniya shtati Monterey shahridagi Sotheby's auksionida 67 mln dollarga sotib yuborildi. 

Shaxsiy kolleksiya 25ta noyob avtomobildan tashkil topgan edi. Ular ichida eng qimmatlaridan biri hisoblangan 1964 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 250 LM avtomobili 17,6 million dollarga baholandi. Bu kabi superkarlar dunyoda 32 dona mavjud. Ushbu narx esa ular uchun rekord natija hisoblanadi. 

1964 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 250 LM.

Afsonaviy LM versiyadagi McLauren F1 avto ulovi narxi esa 13,8 million dollar deb topildi. 2005 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari Enzo 6,1 mln dollarga narxlandi. Ushbu avtomobilning o‘ziga xosligi shundaki, u konveyrdan chiqqan eng so‘nggi shu rusumdagi mahsulot hisoblanadi. Uni Ferrari kompaniyasi Rim papasi Ioann Pavl IIga hadya qilgan.

McLauren F1.

Ferrari Enzo.

Ushbu kolleksiyada konveyrdan chiqqan eng birinchi va eng oxirgi Bugatti Veyron, bor-yo‘g‘i 20 dona ishlab chiqarilgan Lamborghini Reventon, noyob hisoblanuvchi Porsche 959, Shvetsiyaning Koenigsegg CCXR superkari va Jaguar, Jaguar XJ220 rusumli Britaniya avtomobillar ham mavjud. 

Bugatti Veyron

Lamborghini Reventon.

Koenigsegg CCXR.

Jaguar XJ220.

Biroq 13,25 million dollarga baholangan Ferrari 250 GT Berlinetta o‘z xaridorini topa olmadi. Shuningdek, Ferrari GT California Spider (9-11 million dollar) va “chayka qanotlari” ko‘rinishidagi eshiklari bilan ajralib turuvchi Mercedes-Benz 300 SL Alloy Gullwing (5,5-6,5 million dollar) ham sotilmay qolgan. 

Ferrari 250 GT Berlinetta.

Ferrari GT California Spider

Mercedes-Benz 300 SL Alloy Gullwing.

Mazkur avtomobillar o‘n yillar davomida Amerika fuqarosi bo‘lgan shaxsi noma'lum kolleksioner tomonidan to‘plangan bo‘lib, savdolar chog‘ida ularning ko‘pchiligi shu turdagi modellar ichida rekord natijani qayd etgan.

Top