17:49 / 18.08.2015
3737

Elchi: O‘zbekiston AQSh bilan aloqalarni rivojlantirish yo‘lidan bormoqda

O‘zbekiston AQSh bilan o‘zaro manfaatdor aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirish yo‘lidan bormoqda. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchisi Pamela Spratlen ma'lum qildi.

“Biz respublika demokratik islohotlar o‘tkazish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari bo‘yicha konstruktiv dialog o‘tkazganidan xursandmiz. Biz O‘zbekiston bilan infrastrukturani rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarida ishlashda davom etamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi “Jahon” axborot agentligi.

U AQSh O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlatlardan biri bo‘lganligini eslatib o‘tdi.

“O‘tgan yili O‘zbekistonga mamlakatimizning bir qancha ko‘zga ko‘ringan vakillari tashrif buyurdi. Ular orasida AQSh savdo vaziri yordamchisi Arun Kumar, AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi komandiri general Lloyd Ostin va davlat kotibining yordamchisi Nisha Bisvallar bor”, – qo‘shimcha qildi Spratlen xonim.

Top