20:32 / 18.08.2015
3755

Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining birinchi o‘yinlari anonsi

18-19 avgust kunlari Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining so‘nggi saralash bosqichi - pley-off o‘yinlariga o‘tkaziladi. O‘nta juftlik yakuniy final - guruh bosqichga yo‘l olish uchun kurash olib boradi.

Jumladan, bugun Qozog‘istonning "Astana" jamoasi o‘z maydonida Kiprning APOEL klubiga qarshi maydonga tushadi. Moskvaning TsSKA jamoasi esa, safarda "Sporting" mehmoni bo‘ladi.

Shuningdek, "Manchester Yunayted" ishqibozlarini "Bryugge"ga qarshi muhim o‘yin kutmoqda. O‘tgan mavsumda yevrokuboklardan quruq qolgan "qizil iblislar" belgiyaliklar to‘sig‘idan o‘ta olsa, yana katta sahnaga qaytadi.

Bundan tashqari, bugungi o‘yinlar qatoridan "Latsio" - "Bayyer" o‘yini ham joy olgan.

Pley-off o‘yinlari anonsi:

18.08.2015, 21:00 Astana (Qozog‘iston) – APOEL (Kipr)
18.08.2015, 23:45 BATE (Belarus) – Partizan B (Serbiya)
18.08.2015, 23:45 Latsio (Italiya) – Bayyer (Germaniya)
18.08.2015, 23:45 Manchester Yunayted (Angliya) – Bryugge (Belgiya)
18.08.2015, 23:45 Sporting (Portugaliya) – TsSKA (Rossiya)
19.08.2015, 23:45 Skenderbeu (Albaniya) – Dinamo Z (Xorvatiya)
19.08.2015, 23:45 Seltik (Shotlandiya) – Malmyo (Shvetsiya)
19.08.2015, 23:45 Bazel (Shveytsariya) – Makkabi T-A (Isroil)
19.08.2015, 23:45 Rapid  (Avstriya) – Shaxtyor (Ukraina)
19.08.2015, 23:45 Valensiya (Ispaniya) – Monako (Fransiya).

Top