07:49 / 18.08.2015
2186

Parvoz oldidan mast holda ushlangan Air Baltic uchuvchisi yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi

Oslo aeroportidan uchib ketish paytida Latviyaning Air Baltic aviakompaniyasiga tegishli Boing-737 samolyotining mast holatda ushlangan ikkinchi uchuvchisi yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Dagbladet nashri ma'lum qildi.

Uchuvchining parvoz oldidan qonidagi algokol miqdori 1,35 promilleni tashkil qilgan.

TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, aybdor o‘z aybini tan olgani uchun 4 oydan keyin muddatidan avval shartli ozod etilishi mumkin. Shuningdek, mast holatda bo‘lgan ekipaj sardori va ikki nafar styuardessaga nisbatan jazo hukmi hali o‘qib eshittirilmadi.

Dagbladet’ning yozishicha, Oslo-Krit oroli yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan samolyotning birinchi uchuvchisi sodir bo‘lgan vaziyatni ular tomonidan qo‘yilgan katta xato deb aytgan.

Avgust boshida Air Baltic kompaniyasi reysi ekipajining 5 a'zosidan 4 nafari parvoz oldidan spirtli ichimlik iste'mol qilganlikka gumon qilingan. Shu tufayli reys 4 soat 45 daqiqaga ushlab qolingan. Hozirda barcha aybdorlar o‘z ishidan bo‘shatildi.

Top