13:04 / 18.08.2015
2857

Rossiya va Eron Suriya masalasiga yondashuvlari bir xil ekanligini ma'lum qildi

Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Muhammad Zarif Moskvada o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng ikki davlatning Suriya masalasiga yondashuvi bir xil ekanligini ma'lum qilishdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

“Bizning davlatlarimiz Suriya ixtilofini bartaraf qilish bo‘yicha umumiy qarashga ega”, – ma'lum qildi Zarif Lavrov bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida.

“Suriyaliklarning o‘zlari o‘z taqdirlari va kelajaklarini hal qilishi kerak, boshqa davlatlar esa bu jarayonni yengillashtirishi lozim”, – qo‘shimcha qildi Eron vakili.

Shuningdek, ikki davlat diplomatik idorasi rahbarlari yangi yadroviy reaktorlar qurilish va boshqa loyihalarni muhokama qilganlarini aytib o‘tishdi.

Top