18:06 / 19.08.2015
2307

2015 yilning 1-yarmida Buxoroda 723ta bojxona qoidabuzarliklari aniqlandi

2015 yilning 1-yarmi davomida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 723 ta bojxona qoidabuzarliklari aniqlanib,  qiymati 7 mlrd. so‘mlik  tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib ko‘yildi.

Jumladan, “Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan respublikamizga kirib kelgan yuk poyezdini bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida konteynerlardan birida xususiy tadbirkor K.Farmonov ( ism-sharifi o‘zgartirilgan) nomiga Birlashgan Arab Amirliklaridan yuborilgan yuklar bilan yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma'lumotlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi aniqlandi.

Ma'lum bo‘lishicha, konteynerdagi qiymati 507 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan avto ehtiyot qismlari, maishiy texnika jihozlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, idish-tovoqlar, kosmetik va gigiyenik vositalari va hattoki bolalar tagliklari, xullas 253 turdagi tovar-moddiy boyliklar hech qanday hujjatlarsiz respublikamz hududiga olib kirilishi “ko‘zlangan” ekan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sirg‘ali tuman sudining hukmiga asosan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qiymati 507 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan tovar moddiy boyliklari davlat egaligiga o‘tkazildi. Yuk egasiga nisbatan ham jazo muqarrarligi ta'minlandi. 

Top