22:05 / 19.08.2015
3179

Android uchun Skype messenjerida shaxsiy ringtonlarni o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi

Android operatsion tizimi uchun Skype dasturida smartfon xotirasidagi ringtonlarni o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb xabar berilmoqda Skype’ning rasmiy blogida.

Skype’ning Android 5.10 uchun versiyasida har bir kontaktga shaxsiy ringtonni o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Ringtonni aniq foydalanuvchi bilan suhbat menyusidan sozlash mumkin. Skype’ning yangi versiyasi, shuningdek, “Vkontakte” yoki Telegram’dagi kabi foydalanuvchilar orasida stikerlar bilan almashish imkonini beradi. Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, yangi dasturga hozircha qurilmalarning hammasidan ham kirib bo‘lmadi.    

Top