15:11 / 19.08.2015
2010

«Chelsi» Jon Stounz uchun 40 million funt taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

"Chelsi" rahbariyati "Everton" yarim himoyachisi Jon Stounzga qiziqishni davom ettirmoqda.

Biroz oldinroq, "irisgullar" 21 yoshli futbolchini sotishni istamagan edi. "Chelsi" o‘shanda Stounz uchun 30 million funt taklif qilgan.

Ayni vaqtda «Chelsi» rahbariyati Stounz uchun 40 million funt taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, u ingliz futboli tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanadi.

Ma'lumot uchun, anliyalik bu yosh himoyachi o‘tgan mavsumda "Everton" safida 23 marta maydonga tushgan va bitta golga mualliflik qilgandi.

Top