11:00 / 19.08.2015
20153

Nyu-York shahri meri Tayms-skverdagi yarim yalang‘och qizlar muaamosiga qarshi kurashmoqchi

Nyu-York shahri meri Bill de Blazio Tayms-skverda sayyohlar bilan yarim yalang‘och holatda suratga tushishni taklif qiluvchi qizlarni cheklash bo‘yicha tegishli qoidalar qabul qilmoqchi. Bu haqda Associated Press nashrida yozilgan.

Ma'lum qilinishicha, bunday toifadagi qizlar faqat ichki kiyimlarda bo‘lgan holda shaharga tashrif buyurgan sayyohlarga bir necha dollar evaziga o‘zlari bilan suratga tushishni taklif etishni odat qilishgan.

Mahalliy politsiyachilar ayni vaqtda bu holatga chora ko‘rishga huquqli emas. Mahalliy siyosatchilar va nashrlar bu holatga barham berish uchun qonun ishlab chiqilishini istashmoqda.

De Blazioning tan olishicha, bu holat to‘g‘ri emas. U bu holatni to‘xtatishga va'da bergan. Lekin u shahardagi yarim yalong‘och qizlar muammosi bilan aynan qanday vosita orqali kurashishini aniq aytmagan.

Top