17:52 / 19.08.2015
2402

Qozog‘istondan dori vositalari kontrabanda qilgan 3 nafar o‘zbekistonlik 5 yilga qamaldi

O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi Qozog‘istondan noqonuniy ravishda dori vositalari olib kirganlikda ayblanib 5 yildan qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sirdaryo viloyati xavfsizlik xizmati boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida Zangi-ota viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarga tegishli avtomobildan 23 turdagi 35 059 dona dori vositasi topildi. Bu mol zaruriy hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan edi.

Qo‘lga olingan kontrabanda molining umumiy miqdori 200 mln so‘mga baholandi.

Top