09:48 / 19.08.2015
3396

«Real» «Santyago Bernabeu Kubogi»da «Galatasaroy»ni mag‘lub etdi

Madridning "Real" klubi "Santyago Bernabeu Kubogi" kichik musobaqasida "Galatasaroy"ga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 17 daqiqasida madridliklar himoyachisi Nacho hisobni ochdi. Tanaffusdan so‘ng turk klubi yulduzi Uesli Sneyder hisobni tenglashtirdi. 81 daqiqada "Real" tarkibida g‘alaba to‘pini himoyachi Marselo kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi.

Ma'lumot uchun, bu turnir "Real"ni 1943 yildan 1978 yilgacha boshqargan prezident Santyago Bernabeu sharafiga tashkil qilinadi.

Santyago Bernabeu Kubogi
"Real" (Ispaniya) – "Galatasaroy" (Turkiya) – 2:1 (1:0)
Gollar: Nacho, 17 (1:0). Snayder, 53 (1:1). Marselo, 81 (2:1)

Top