18:39 / 19.08.2015
2970

Samsung Space Internet: internetga ulanish uchun navbatdagi yo‘ldoshli tizim loyihasi

Samsung kompaniyasi internetga ulanishning yo‘ldoshli global tizimini tatbiq qilish haqidagi ilmiy hujjatini chop etdi.

Space Internet loyihasi past balandliklardagi yer orbitasiga minglab maxsus qurilmalarni chiqarishni nazarda tutadi. Gap bortida telekommunikatsion uskunalarga ega 4600 mikroyo‘ldoshlar haqida ketmoqda.

Sun'iy yo‘ldoshlar turli chastota diapazonlarida ishlashi taxmin qilinmoqda. Ulardan har biri 1 Tbayt/soniya o‘tkazish qobiliyatini ta'minlaydi. Tizim har oy 1 zettabayt, ya'ni 1 mlrd Tbayt ma'lumotlarni uzatish imkonini beradi. Bu 270 ta sdandart (8 bitli) baytlar yoki 1024 eksabaytga to‘g‘ri keladi. Qiyoslash uchun, 2006 yilda insoniyat tomonidan yaratilgan raqamli ma'lumotning jami hajmi 0,16 zerrabaytni tashkil qilgan.

Samsung’ning taklifi hozircha faqatgina nazariy tus olgan. Loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.

Bu loyiha shunday loyihalardan birinchisi emas. Joriy yilning yanvarida WorldVu Satellites Limited kompaniyasi past orbitaga 648 ta yo‘ldosh chiqarishni taklif qilgan. Ularni uchirish uchun Virgin Galactic kompaniyasi tomonidan loyihalanayotgan LauncherOne tizimi qo‘llanadi.

Top