00:01 / 20.08.2015
2450

Dvorkovich: neft narxi 2019 yilgacha 50 dollardan 70 dollargacha oraliqda o‘zgarib turadi

Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovichning fikricha, neftning narxi yaqin uch yil ichida 50 dollardan 70 dollargacha oraliqda o‘zgarib turadi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.   

Dvorkovichning aytishicha, neftning narxi oz fursatga hattoki 30-35 dollargacha ham tushib ketadi.

“Xuddi shuningdek u 100 dollargacha ko‘tarilib ketishi ham mumkin. Bu ikki holning yuz berish ehtimoli birdek. Barcha omillardan kelib chiqqan holda, agar yaqin uch yil haqida gapiriladigan bo‘lsa, neft narxi 50-70 dollar oralig‘ida qoladi”, deb aytdi Dvorkovich.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat hukumatini neftning bir barreli narxi 30-40 dollar darajasida bo‘lishiga ko‘nikishga chaqirgan edi. 

Top