20:16 / 20.08.2015
2803

Italiya beshta sayyohlik portini sotuvga qo‘ydi

Italiya hukumati beshta sayyohlik portini sotuvga qo‘ydi, deb yozmoqda Corriere della Sera nashri.

Kapri va Sardiniyadagi yaxta marinalari, Salerno yaqinidagi, Triyesta va Kalabriyadagi portlar sotiladi. Savdolar auksion tarzida o‘tkazilmoqda va uni Italiyaning investitsiyalarni jalb qilish va korxonalarni rivojlantirish milliy agentligi Invitalia o‘tkazmoqda.

Barcha sotilayotgan portlarning umumiy qiymati kamida 50 mln yevroni tashkil qilmoqda.

Bundan avval yana bir O‘rta Yer dengizi davlati – Gretsiya Pirey va Saloniki portlarini sotishga qaror qilgan edi.

Top