14:39 / 20.08.2015
2131

O‘zbekiston vakillari OFK qo‘mitalari a'zoligiga tasdiqlandi

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev futbol bo‘yicha Osiyo chempionatining tashkiliy qo‘mitasi a'zoligiga tasdiqlandi. Qatarlik al-Muhannadiy raislik qiladigan ushbu qo‘mitaga OFK ijroqo‘mi vakillari, shu jumladan Rahmatullayev ham a'zo sifatida kiritilgan. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar bergan.

OFK Ijroiya Qo‘mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha a'zosi sanaladigan Sardor Rahmatullayev, shuningdek, saudiyalik Ahmad Iyd al-Harbiy boshchiligidagi OFKning ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sardor Rahmatullayev shu tariqa Osiyo Futbol Konfederatsiyasining bir yo‘la uchta qo‘mitasi a'zoligiga tasdiqlandi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining bosh direktori Farhod Magametov OFKning Taraqqiyot qo‘mitasi a'zosi etib tayinlandi.

O‘zbekiston futzal uyushmasi vitse-prezidenti Jahongir Usmonov esa navbatdagi muddatga OFK Futzal qo‘mitasi a'zoligiga tayinlandi.

O‘FF texnik bo‘limi boshlig‘i Alim Arifov esa OFKning Musobaqalar qo‘mitasi a'zosi etib tayinlangan, Federatsiyaning texnik masalalar bo‘yicha direktori Shavkat Imomov OFKning texnik qo‘mitasi a'zoligiga tasdiqlandi.

Bundan tashqari, FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullayev ham OFKning hakamlar qo‘mitasi a'zosi bo‘lib tayinlandi.

O‘zbekistonning OFKdagi vakillari tegili qo‘mitalarga 2015-2019 yilgi muddatlarga tayinlandi.

Top