23:08 / 21.08.2015
3924

24 daqiqaga shoshgan Bloomberg muharriri ishsiz qoldi

Bloomberg moliyaviy yangiliklar agentligining muharriri Kris Vellis Federal zaxira tizimining (FZT) embargo statistikasi haqidagi kelishuvni buzgani sababli ishdan bo‘shatildi, deb yozmoqda The New York Post nashri.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Vellis FZTning statistikasini ruxsat berilgan vaqtdan 24 daqiqa oldin chop etgan. Gap odatda mahalliy vaqt bilan 14:00 da chop etiladigan FZT yig‘ilishining bayonnomasi haqida ketmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, Bloomberg’da “kechiring” so‘zi o‘tmaydi va shuning uchun agentlik 15 yil agentlikda ishlagan muharrirni bo‘shatib yuborishga qaror qildi.

Vellisning ishdan bo‘shatilishi Bloomberg’da xodimlarning ommaviy qisqartirilishi ortida yuz berdi. Agentlik sentabr oxirigacha siyosiy mavzular va AQSh davlat muassasalari ishini yorituvchi 100 ga yaqin muharrirni bo‘shatib yuborishini ma'lum qilgan edi. 

Top