20:46 / 21.08.2015
4812

AQShda Detroytdan keyin ikkinchi shahar o‘zini bankrot deb e'lon qildi

AQShda Detroytdan keyin ikkinchi shahar o‘zini bankrot deb e'lon qildi, deb xabar bermoqda WDRB portali. Xususan, gap aholisi 8 mingga yaqinni tashkil qiladigan, nisbatan ancha kichik Xillvyu shahri haqida ketmoqda. Shahar Kentukki shtatida joylashgan.

Bundan avval 2013 yilda AQSh tarixida birinchi marta Detroyt shahri o‘zini bankrot deb e'lon qilgan edi. Xillvyu 100 mln dollar miqdoridagi qarzni to‘lay olmasligi sababli o‘zining bankrot deb e'lon qilinishi haqida da'vo arizasi topshirdi. Shahar o‘z hisobida faqatgina 10 mln dollar mablag‘ga ega. Bunday katta qarzdorlikka yer maydoni sotilishi bo‘yicha bitim tufayli shaharning Truck America Training kompaniyasi bilan sudlashuvi sabab bo‘ldi. Sud shaharga 11,4 mln dollar to‘lash majburiyatini qo‘ygan.

Top