20:31 / 21.08.2015
2882

Daimler AG bosh direktori Apple va Google bilan hamkorlik qilish haqida ma'lum qildi

Daimler AG avtokonserni bosh direktori Apple va Google kompaniyalari bilan “turli shakldagi” hamkorlikning imkoniyatlari va keyingi avlod avtomobillarini axborot texnologiyalar va dasturiy ta'minot ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi mutaxassislarni jalb qilmagan holda qurib bo‘lmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
“Google va Apple kompaniyalari avtomobilsozlikka operatsion tizimlar yetkazib bermoqchi va o‘z ekotizimining elementlarini kiritmoqchi. Bu ikkala tomon uchun ham qiziqarli bo‘lishi mumkin”, deb aytdi konsern rahbari Diter Tsetshe.
Tsetshe Daimler uchun variantlardan biri sifatida AQShlik hamkorlar bilan qo‘shma korxona tuzish bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tdi, biroq bu fikrlar “faqat nazariy” ekanligini qo‘shimcha qildi.
Daimler bosh direktorining bayonoti Volkswagen direktori Martin Vinterkornning AT-kompaniyalar bilan hamkorlik qilish kelajakda avtomobillarni xavfsiz va ko‘proq ongli qilishi haqidagi so‘zlaridan keyin berildi.

Top