10:21 / 21.08.2015
13501

IShID jangarilari o‘rtasida OIV kasalligi avj olmoqda

“IShID” guruhining jangarilari o‘rtasida eng kamida 16 holatda orttirilgan immun tanqisli virusiga chalinish holati qayd etilgan, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Ushbu kasallikka chalingan chet ellik yollanma jangarilarning bir qismi karantin uchun shifoxonaga yotqizilgan. Yana bir qism jangarilarni guruh rahbarlari terrorist-hudkushlikka jalb qilmoqchi.

Jangarilar o‘rtasida infeksiyaning tarqalishiga ko‘pchiligining giyohvand moddalarga mukkasidan ketgani, shuningdek, bosib olingan hududlarda ko‘pxotinlik va jinsiy zo‘ravonlikning avj olgani sabab bo‘lmoqda.

Top