18:28 / 21.08.2015
3937

Ma'muriyat: Toshkent aeroportidagi noqulayliklar xavfsizlikni masalasi bilan bog‘liq

Ma'lumki, bir necha yildan buyon Toshkent xalqaro aeroportidagi kutish zali kutib oluvchilar va kuzatuvchilar uchun yopiq holda turibdi. Buning natijasida odamlar ko‘chalarda to‘planib turishga majbur bo‘lmoqda.

Aeroport ma'muriyati vakilining bergan ma'lumotlariga qaraganda, bu masalalar bilan fuqarolik aviatsiyasi emas, balki xavfsizlik xizmatlari shug‘ullanadi.
“Kimdir ataylab odamlarga noqulaylik tug‘dirmoqchi emas, – uning so‘zlarini keltiradi Uzbekistan Today nashri. – Bu birinchi galda xavfsizlik masalasi bilan bog‘liq”.

Yopiq binoda ko‘p miqdorda odam to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday choralar ko‘rilmoqda. Aytilishicha, hozirlikda optimal yechim ishlanmalari yakuniy bosqichda. Xavfsizlikning zaruriy darajasini ta'minlaydigan texnologiya joriy qilinish arafasida.

Top