16:20 / 21.08.2015
3562

Osiyo taraqqiyot banki Qozog‘istonga tenge devalvatsiyasi sababli 1 mlrd dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (Asian Development Bank) Qozog‘istonga tenge devalvatsiyasi sababli 1 mlrd dollar miqdorida kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Bu haqda bank xabarnomasida ma'lum qilindi.

“Kredit Qozog‘istonga neft narxining dunyo bo‘ylab tushib borayotgani va qo‘shni mamlakatlar iqtisodiyotidagi sustlashuvning kutilmagan salbiy oqibatlarini yumshatish uchun yordam beradi”, – deb hisoblaydi Bankning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bo‘linmasi yetakchi iqtisodchisi Lotte Shou-Tsibel.

Mazkur mablag‘ Qozog‘iston iqtisodiyotini mamlakat tengening erkin kursiga o‘tgani va inflyatsiyaning targetlashtirilishi (inflyatsiya darajasini ushlab turish uchun davlat tomonidan chora-tadbirlar qo‘llanilishi)da Qozog‘iston iqtisodiyotini barqarorlashtirishga yordam beradi. Kredit 5 yil muddatga taqdim etiladi. Uning LIBORga asoslangan foiz stavkasi esa plyus 200 baza punktni tashkil etadi.

Top