17:57 / 21.08.2015
4316

Qozog‘istonliklar dollar sotib olishda davom etmoqda

Qozog‘iston tengesi o‘z pozitsiyasini bir oz mustahkamladi. Payshanba, 20 avgust kuni erkin suzuvchi valyuta kurslari tizimiga o‘tilgani haqida e'lon qilinganidan so‘ng dollar narxi 255-260 tengega ko‘tarilgan edi.

Bugun, 21 avgust kuni esa Qozog‘iston fond birjasi (KASE)da uning narxi pasayib, 240 tengega tushgan. Ayni paytda valyuta almashtirish shoxobchalarida dollar bahosi 241-242 tengeni tashkil etmoqda.

Dollar bahosining keskin ko‘tarilishi valyuta ayirboshlashni istovchi fuqarolar sonining ortishiga sabab bo‘ldi. Poytaxtdagi shoxobchalar tahlilchilarning dollar narxi 380 tengega ko‘tarilib ketishi mumkinligi haqidagi bashoratlariga ishongan aholi bilan to‘lgan.

Mahsulotlar narxining keskin ko‘tarilishi esa faqatgina xo‘jalik va kompyuter texnikasi do‘konlarida kuzatilgan. 20 avgust kuni ko‘plab do‘konlar mahsulotlar narxini olib qo‘ygan bo‘lsa, ayrimlari narx-navoni tekshirib olish uchun faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.

Top