08:43 / 21.08.2015
32514

Toshkentdagi Bek Baraka bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 21 avgust kuni erta tongdan Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditel Tashkenta” guruhida poytaxtimizda joylashgan Bek Baraka bozorida sodir bo‘lgan yong‘in suratlari e'lon qilindi.

Fotosuratlarga qoldirilgan izohlardan ma'lum bo‘lishicha, Bek Baraka bozori ichidagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqan va u yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in tafsilotlari, ko‘rilgan zarar va jabrlangan haqida rasmiy ma'lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 18 avgust kechki payt “Beruniy” metro stansiyasi yonida joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” ko‘rgazma-yarmarka markazi yonidagi oziq-ovqat bozori hududida ham yong‘in chiqqandi.

Top