15:24 / 21.08.2015
3276

Tyantszinda yana 4ta yong‘in kelib chiqdi

Xitoyning Tyantszin port shahrida portlash hududiga yaqin joyda favqulodda xizmatlar xodimlari yana 4ta yong‘in o‘chog‘ini aniqlashdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, yong‘inlar avtomobillar saqlanadigan maydonda kelib chiqqan.

Bundan tashqari, portlash hududida sianid darajasi me'yordan 356 barobar oshib ketgani xabar qilinmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlarda 114 kishi qurbon bo‘lgan.

Top