06:01 / 22.08.2015
2708

Amsterdam-Parij tezyurar poyezdida noma'mul shaxs otishma sodir etdi

Amsterdamdan Parijga ketayotgan tezyurar poyezdida noma'lum shaxs odamlarga qarata o‘q uzdi. Bu haqda Le Figaro nashri ma'lum qildi. 

Otishma oqibatida 3 kishi yaralandi. nashrning ta'kidlashicha, erkaklarda otishma va pichoq sanchilishi jarohatlari bo‘lgan. Ayni paytda politsiya jinoyatchini ushlashga muvaffaq bo‘ldi.

Voqea joyida politsiya va qutqaruvchilar ish olib bormoqda, barcha yo‘lovchi poyezdlari xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Top