11:56 / 22.08.2015
5301

Shimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududga gaubitsalar joylashtirdi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegara hududidagi qurolsizlantirilgan hududga 76,2 mm kalibrli gaubitsalarini joylashtirdi. Bu haqda The New York Times xabar qilgan.

Bu hududga artilleriya qurollarining olib kelinishi 1953 yilda tuzilgan sulh shartlarining buzilishi hisoblanadi.

Ayni vaqtda Janubiy Koreya harbiylari dronlar orqali KXDRning chegaradagi holatini o‘rganmoqda.

Biroz oldinroq, AQSh Janubiy Koreyada harbiy mashg‘ulotlarni tiklashi haqida xabar berilgandi.

Top