18:18 / 22.08.2015
1932

The Independent: «Borussiya» Mxitaryanni «Liverpul»ga 15 mln funt evaziga sotishga rozi bo‘ldi

«Liverpul» Dortmundning «Borussiya» jamoasiga armanistonlik tajribali yarimhimoyachi Genrix Mxitaryanni transfer qilish taklifi bilan chiqqan.

The Independent nashrida ma'lum qilinishicha, «Borussiya» mersisaydliklar tomonidan bildirilgan 15 mln funtlik taklifni qabul qilgan.

Biroz oldinroq, «Yuventus» ham bu futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra "Yuventus" Mxitaryan uchun 20 mln yevro taklif qilmoqchi edi.

Ma'lumot uchun, Mxitaryan o‘tgan mavsumda "Borussiya" safida 28ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan va 5ta golli pas muallifiga aylangan. U yangi mavsumning ilk turida esa "Borussiya M" darvozasiga 2ta gol urishga ulgurdi.

Top