11:01 / 22.08.2015
4933

Toshkentga marixuana olib kirishga harakat qilgan jinoyatchilar itlar yordamida fosh qilindi

O‘tgan hafta Toshkent shahriga mashinada marixuana moddasini olib kirishga harakat qilgan bir qancha shaxslar to‘xtatib qolindi. Barcha holatlarda xizmat itlari muhim rol o‘ynadi, deb yozadi “Ogoh” gazetasi.

Aytilishicha, Bektemir tumanidagi Sharq YPX maskanidan o‘tib ketayotgan Lacetti avtoulovi shu yerda xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan to‘xtatildi. “Dori” laqabli xizmat iti yordamida tekshirilganida, mashina salonida Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi shaxsga tegishli 1.17 gr marixuana borligi aniqlandi.

Xuddi shuningdek, Uchtepa tumanidagi Nazarbek YPX maskanida Damas avtomashinasi ichida 2 gr marixuana moddasi borligi ma'lum bo‘ldi.

Olmazor tumanidagi Keles YPX maskanida bo‘lsa Toshkent shahriga harakatlanib kelayotgan Nexia avtomashinasi to‘xtatilib, “Kayra” laqabli xizmat iti yordamida tekshirilganda, haydovchining yonida 1.84 gr marixuana moddasi borligi fosh etildi.

Top