07:37 / 22.08.2015
3849

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Qozog‘istonda tengening erkin kursi kiritilganini ijobiy baholadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Qozog‘istonda milliy valyuta – tengening erkin kursi tartibi kiritilganini ijobiy baholadi. Jamg‘armaning Qozog‘istondagi bo‘limi rahbari Husseyn Samiy TASS axborot agentligi muxbirining bu mavzudagi savoliga tasdiq javobini berdi.

“Biz Qozog‘iston Milliy bankining tengening erkin kursini kiritganini ijobiy qarshilaymiz. Biz mamlakat iqtisodiyotiga bergan baholashimizda ta'kidlaganimizdek, pul-kredit siyosatining yangi instrumentlari bilan bir qatorda qayishqoq ayirboshlash kursining kiritilishi siyosiy sinchni mustahkamlaydi va makroiqtisodiy muvonazatsizliklarni barqarorlashtirishga ko‘mak beradi”, deb aytdi Samiy.

Samiyning fikricha, endi Qozog‘iston hukumati “ishonchni mustahkamlash uchun tezkor choralar ko‘rish bilan”, xususan, “erkin bozordagi operatsiyalarga tayanuvchi” moliyaviy siyosatning zaruriy instrumentlarini zudlik bilan yaratish hisobiga bu qadamni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Top