01:12 / 22.08.2015
4166

Xitoy Koreya yarimorolidagi keskinlikka olib keluvchi barcha xatti-harakatlarga qarshi chiqmoqda

Xitoy Koreya yarimorolida keskinlikning kuchayishiga olib keluvchi barcha xatti-harakatlarni to‘xtatishni va barcha muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirmoqda. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin aytdi

“Xitoy mintaqada tinchlik va barqarorlikni qat'iylik bilan yoqlamoqda, keskinlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan barcha harakatlarga qarshi chiqmoqda. Biz tegishli tomonlarni vazminlik va xotirjamlikni saqlashga, joriy vaziyatni aloqalar va suhbatlashuv yo‘li bilan hal qilish, keskinlikning avj olishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan barcha harakatlarni to‘xtatishga chaqirmoqdamiz”, deb aytdi Xua Chunin Xitoy TIVi saytida Xitoyning Koreya yarimorolida oxirgi kunlarda keskinlashgan vaziyatga nisbatan fikrini berish haqidagi iltimosga javoban.

Xua Chunin Xitoy “Koreya yarimoroliga qo‘shni bo‘lgan davlat sifatida yarimoroldagi vaziyatga katta e'tibor berayotgani va oxirgi voqealardan qattiq tashvishlanayotganini” ta'kidlab o‘tdi.

“Xitoy barcha manfaatdor tomonlar bilan yarimorolda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun birgalikda sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor”, deb aytdi Chunin.

Top