12:30 / 23.08.2015
2854

Drezdenda muhojirlarga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Germaniyaning Drezden shahri yaqinida minglab kishilar politsiya bilan to‘qnashuvlar keltirib chiqarishdi.

The Independent nashrida yozilishicha, namoyishchilar Germaniyaga muhojirlarning qabul qilinishiga qarshiliklarini bildirishgan.

Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, namoyishchilar tosh va shisha idishlar bilan Suriya va Iroqdan kelayotgan muhojirlar mingan avtobuslarga hujum qilishgan. Ularga qarshilik ko‘rsatgan politsiyachilardan 31 nafari jarohatlangan. Namoyishchilar ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlar qo‘llanishi orqali to‘xtatilgan.

Bunday namoyishlar muhojirlarning Germaniyadagi bo‘sh binolarga joylashtirilishi haqidagi ma'lumotlardan keyin boshlandi. Bunday namoyishlarni millatchilik ruhidagi Milliy demokratik partiya a'zolari tashkil etishmoqda.

Tartibsizlik ishtirokchilari orasida qancha kishi hibsga olingani haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Germaniya Adliya vaziri Xayko Maas bu tartibsizliklarni qoralab chiqqan va o‘z tvitterida Germaniyada bu holat tufayli o‘zini xavfsiz his qila olmayotgani" haqida yozdi.

Top