07:53 / 23.08.2015
4112

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi muzokaralar tomonlarning murosasiz pozitsiyalari tufayli barbod bo‘ldi

Hindiston-Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘icha milliy xavfsizlik maslahatchilari darajasida o‘tishi kerak bo‘lgan muzokaralar tomonlarning murosasiz pozitsiyalari tufayli barbod bo‘ldi. Bu haqda India TV telekanali ma'lum qildi.

Avvalroq Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Nyu-Dehlidagi matbuot-anjumanida ultimativ tarzda “agar Pokiston kashmirlik ayirmachilar bilan muzokaralar arafasida uchrashuv o‘tkazilishini talab qilsa, unda ikki davlat maslahatchilarining Hindiston poytaxtida Islomobod tomonidan rejalashtirilgan uchrashuvi 24 avgustda bo‘lmasligini” aytgan.

“Avval Pokiston hududida aksilhind terrorchilik faoliyati bartaraf etilishi masalalari hal qilinishi kerak va shundan keyingina Kashmir muammosini muhokama qilish haqida gapirish mumkin bo‘ladi”, deb aytdi Svaraj va Hindiston javobni 22 avgust oxirigacha kutib qolishini qo‘shimcha qilgan.

Islamobod bir necha soatdan keyin hind tomonidan qolishmagan holda javob bergan. “Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj tomonidan bildirilgan Hindistonning munosabati Pokistonga to‘g‘ri kelmaydi. Hind tomonining bu bayonoti u avvaldan rejalashtirilgan muzokaralarni o‘tkazmaslikka bahona qilayotganidan darak beradi”, deb aytdi Islomobodda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida Pokiston bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Sartoj Aziz.

Sartoj Aziz Nyu-Dehliga 23-24 avgust kunlari tashrif buyurib, o‘zining hindistonlik hamkasbi Ajit Do‘val bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan edi.

Top