18:40 / 23.08.2015
11677

"IShID" o‘z safida jang qilishdan bosh tortgan 15 nafar o‘smirni qatl qildi

Kurdiston ishchilar partiyasi vakili Said Mamuzini "IShID" jangarilari 21 avgust kuni Iroqning Sinjar shahrida (Naynav viloyati) 15 nafar o‘smirni jang maydonidan qochgani uchun qatl qilgani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Press TV telekanali saytida yozilgan.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, o‘ldirilganlar 13-18 yoshdagi "IShID" safiga yangi qabul qilingan jangarilar bo‘lgan. Ular 2014 yilning iyulida Iroqdan tortib olingan Mosul shahri uchun davom etayotgan jangdan qochgani uchun shu tariqa jazolanishgan.

Press TV telekanali saytida yozilishicha, 15 avgust kuni Mosul shahri yaqinidagi al-Gazlani harbiy bazasida jangarilarga "intim-jihodchi" sifatida xizmat qilishdan bosh tortgan 15 ayol qatl qilingan.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu sabab bilan avgust oyining boshida ham Mosulda 19 nafar ayol o‘ldirilgandi.

Bundan tashqari, Iraqi News nashri ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar bir necha kun ichida qatl qilingan 2 mingga yaqin asirning ro‘yxatini e'lon qilgan. Qatl qilinganlarning aksar qismi Iroq armiyasi va militsiyasining sobiq xodimlari hamda saylov komissiyasi a'zolari hisoblanishadi.

Top