05:56 / 23.08.2015
8154

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatildi va 23 avgust kuni davom ettiriladigan bo‘ldi

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasida vujudga kelgan mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar 10 soatdan ko‘proq davom etgandan to‘xtatildi va 23 avgust kuni davom ettiriladigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Renxap» axborot agentligi. Muzokaralar davomida qandaydir kelishuvga erishilgani haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas.

Qayd etilishicha, muzokaralar mahalliy vaqt bilan 15:00da (Toshkent vaqti bilan 11:00da) qayta boshlanadi.

Muzokaralarda Janubiy Koreya tomonidan prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Kim Gvan Chjin va birlashish ishlari bo‘yicha vazir Xon Yen Pe, Shimoliy Koreya tomondan esa Janubiy Koreya ishlari bo‘yicha yuqori lavozimli amaldor Kim Yan Gon va Koreya xalq armiyasi siyosiy boshqaruvi direktori Xvan Ben So ishtirok etadilar. 

Pxenyanning talabi avvalboshdan ikki davlat chegarasida Janubiy Koreya tomonidan o‘rnatilgan ovoz karnaylarini olib tashlash va Shimoliy Koreyaga qarshi qaratilgan tashviqotni to‘xtatishdan iborat edi. Janubiy Koreya bu talablarni bajarishdan bosh tortdi va tashviqotni davom ettirishini aytdi.

Top