13:08 / 23.08.2015
6119

KXDR va Koreya Respublikasi muzokaralarni davom ettirmoqda

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya harbiy boshliqlari Pxanmunjom punktida muzokaralar stoliga qaytishdi. "Yonhap" agentligida yozilishicha, ikki davlat chegarasidagi bu hududda bir necha soatlik tanaffusdan keyin muzokaralar davom ettirilmoqda.

Janubiy Koreya OAVlarining yozishicha, bu tanaffus vaqtida tomonlar o‘z yurishlarini belgilab olishdi. Janublik rasmiyning aytishicha, shimolliklar qurolsizlantirilgan hududda og‘ir artilleriya qurollari hajmini oshirishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni boshlangan muzokaralarda Shimoliy Koreyadan Kim Yan Gon va Xvan Byon So, Janub tomonidan esa Kim Gvan Chjin hamda milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vazir Xon Yon Pxyo ishtirok etmoqda.

Biroz oddinroq, Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatilib, 23 avgust kuni davom ettiriladigan bo‘lgan xabar qilingandi.

Top