16:53 / 23.08.2015
3173

Livandagi chiqindilar muammosi tufayli norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

Livan poytaxti Beyrut shahrida politsiya va namoyishchilar o‘rtasida jiddiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi va 15 kishi jarohatlandi.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, politsiyachilar namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan.

Politsiya hukumat saroyi va parlament binosiga yorib kirishga uringan namoyishchilarni qo‘lga olgan.

"Ba'zi chiqindilarni qayta ishlab bo‘lmaydi", degan yozuvli plakatni ko‘tarib olgan namoyishchilardan biri. Bu plakatda livanlik siyosatchilar surati tushirilgan.

Bu tartibsizliklar 1 oy oldin mamlakatdagi eng katta chiqindixona yopib qo‘yilgani bilan bog‘lanmoqda.

Hukumat shahar ko‘chalarini tozalash va chiqindilarni yo‘q qilish muammosini hal qila olmayotgani sababli odamlar ko‘chalarga chiqqan.

Butun yoz davomida chiqindilar shahar ko‘chalarida yoqilgan va havoga o‘tkir hidli moddalar tarqalgan.

Top