14:04 / 23.08.2015
5337

Primore o‘lkasida Rossiya va Xitoy harbiylari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Rossiya sharqidagi Primore o‘lkasida rus va xitoylik harbiylar hamkorlikda mashg‘ulot o‘tkazishni boshlashdi. Bu haqda Sharqiy harbiy okrugning axborot ta'minoti bo‘limi kapitani Roman Martovga asoslanib RIA Novosti xabar bergan.

"21 avgust kuni birlashgan shtab Rossiya-Xitoy harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazishga ko‘rsatma berdi. Mashg‘ulotlar "Dengiz hamkorligi - 2015 (II) nomi ostida o‘tmoqda", deydi kapitan Martov.

Xitoylik kontr-admiral Van Xayyaning ma'lum qilishicha, dengizdagi tinchlik Xitoy va Rossiyaning iqtisodiy hamkorligi rivojlanishini ta'minlaydi.

Bu mashg‘ulotlar 28 avgust kunigacha davom etishi aytilgan.

Top