23:06 / 23.08.2015
7267

Toshkent va Ashxobod Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Toshkent va Ashxobod Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvida aytib o‘tildi.

“Xususan, ushbu uchrashuv chog‘ida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar paketini tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi”, deyilmoqda Turkmaniston TIV matbuot xizmatida.

Top