06:40 / 23.08.2015
3125

Tyantszindagi portlash qurbonlari soni 121 kishiga yetdi

2015 yilning 12 avgustida Xitoyning Tyantszin shahrida yuz bergan portlash qurbonlari soni 121 kishiga yetdi. CCTV telekanalining ma'lum qilishicha 119 nafar qurbonning shaxsi o‘rnatildi.

Portlashlar “Juyxay” logistik kompaniyasiga tegishli omborxonada sodir bo‘lgan. Portlash kuchi 2 km radiusdagi turar-joy binolarining oynalarini chil-parchil qilgan va mingdan ko‘proq avtomobilning yonib ketishiga sabab bo‘lgan.

Kuchi 3 tonna trotil ekvivalentiga baholangan portlashdan keyin voqea joyida kuchli yong‘in chiqqan. Shundan keyin omborxonada yana bir nechta portlashlar yuz bergan, ulardan eng kuchlisining quvvati 21 tonna trotil portlashiga teng bo‘lgan.

Top