18:14 / 24.08.2015
1825

Bloomberg xom ashyo indeksi 1999 yildan buyon eng past darajaga tushib ketdi

Bloomberg tomonidan chiqariladigan xom ashyo indeksi 1999 yildan buyon eng past darajaga tushib ketdi. Xitoy iqtisodiyotining qulashi tahdidi tufayli metall va energiya tashuvchilar bozorida inqiroz kelib chiqishi xavfi bunga sabab bo‘ldi.
Xom ashyo kompaniyalari aksiyalarining tushishi o‘z navbatida jahon fond birjalariga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda.

Xususan, o‘z ichiga 22 turdagi xom ashyo shartnomalarini oluvchi Bloomberg Commodity indeksi 2.2. foizga yoki 85.8339 punktga tushib, 1999 yil avgustidan buyon eng kam ko‘rsatkichni qayd qildi. Ushbu indikator nafaqat mahsulot narxining tushishini, balki daromadning tushishi fyuchers shartnomalarin egalari ko‘radigan zararlarni hisobga oladi.

Top