2015 yilning 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Braziliya federativ respublikasi hukumati o‘rtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim kuchga kirdi.
Bitimga ko‘ra tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Jumladan, O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasida mahsulotlar importi va eksporti chog‘ida tomonlarga boj to‘lovlari va soliqlarga taalluqli eng qulay rejim yaratiladi.
Hujjatning to‘liq matni lex.uz saytida chop etiladi.