17:05 / 24.08.2015
4978

Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun aksiz solig‘i bekor qilindi

O‘zbekistonda 2015 yil 1 sentabrdan Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari uchun aksiz solig‘i bekor qilindi.

Yangi tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tasdiqlandi

Qarorga binoan, Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan yangi transport vositalari (TN VED 8704) aksiz markasisiz olib kiriladigan mahsulotlar ro‘yxatidan o‘rin egalladi.

Bundan avval 2015 yil 1 yanvarda xuddi shu tartib Ukraina va Rossiya uchun ham qo‘llanilgan edi.

Top