11:24 / 24.08.2015
3943

Tokio aeroporti yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Yaponiya poytaxtidagi “Xaneda” aeroporti yaqinida joylashgan po‘lat quyish zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deya xabar tarqatdi RIA Novosti.

Hodisa tafsilotlari va jabrlanganlar haqida ma'lum qilinmadi. Ayni vaqtda voqea joyida yong‘in boshlangan.

O‘tgan tunda Yaponiyaning Kanagava provinsiyasi Sagamixara shahrida joylashgan Amerika harbiy bazasida bir necha portlashlar sodir bo‘lgani ham xabar qilingan edi.

Bu portlash sabablari ham hali aniqlanmadi.

Top