02:13 / 25.08.2015
2610

AQSh Davlat departamenti: Moskva va Vashington kelishmovchiliklarga qaramasdan aloqalarni qo‘llab-quvvatlashmoqda

AQSh va Rossiya o‘rtalarida o‘zaro fikrlar tavofuti bo‘lishiga qaramasdan, aloqalarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishmoqda. Bu haqda 24 avgustda AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi matbuot-anjumanda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Biz hamkorlik qilayotgan sohalar mavjud, ulardan biri – Eron, shuningdek Suriya ham bor. Biroq shu bilan fikrlarimizda tavofut kuzatilayotgan bir qator sohalar ham mavjud”, deb aytdi Kirbi.
Kirbining aytishicha, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bir qator muammolar bo‘yicha Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bevosita aloqalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bundan avval Sergey Lavrov Kerri bilan Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi paytida uchrashishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.

Top