08:11 / 25.08.2015
2306

Arsen Venger haqqoniy golni hisobga olmagani uchun Maykl Oliverni tanqid qildi

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger "Liverpul"ga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida o‘yinni boshqargan hakam Maykl Oliverni tanqid qildi.

"Liverpul" birinchi taymda yaxshi o‘ynadi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdi. Lekin ikkinchi taymda ular hech narsa qila olishmadi. Biz esa butun o‘yin davomida hujum qilish bilan band bo‘ldik. Afsuski, o‘yin hakami Remzining haqqoniy golini hisoblamadi. Bu bizga yoqmasa ham, bo‘lganicha bo‘ldi.

Birinchi taymda himoyada kamchiliklar kuzatildi, lekin ikkinchi taymda barchasi o‘z o‘rniga tushdi.

Biz g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatgandik. Futbolchilar golli vaziyatlar yaratishdi, lekin gol bo‘lmadi. Raqib ikkinchi taymda himoyaga qamalib oldi.

Remzi futbol qoidalari bo‘yicha gol urgandi, lekin bu gol hisoblanmadi. Men bu borada hech narsa qila olmayman. Hakam bu vaziyatda xato qildi", deydi Venger.

Top