15:12 / 25.08.2015
3194

Bojxonachilarning huquq va majburiyatlariga o‘zgarishlar kiritildi

“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, bojxona organlari huquqlariga ayrim o‘zgarishlar kiritildi.
Yangi qonuniy me'yorga ko‘ra, bojxonachilar eskporti taqiqlangan, shuningdek, aksiz markalariga ega bo‘lmagan tamaki va alkogol mahsulotlarini mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish, tashish (xalqaro tranzit bundan mustasno) va saqlash holati kuzatilganda bu mollarni musodara qilish huquqidan mahrum bo‘ldi. Endilikda musodara faqat sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Shuningdek, bojxona qonunchiligiga rioya qilinishini ta'minlash maqsadida banklar va boshqa moliya institutlarining huquq va majburiyatlariga ayrim o‘zgarishlar kiritildi. Ular bojxona organlarining xo‘jalik yurituvchi sub'yektlardan summalar, vaqtida to‘lanmagan bojxona to‘lovlari va jarimani undirish haqidagi ko‘rsatmalarini bajaradi.

Top