10:48 / 25.08.2015
3510

NASA 24 avgust kuni Quyoshdagi chaqnashni suratga oldi

NASAning Solar Dynamics Observatory kosmik uskunasi 24 avgust kuni Quyoshda sodir bo‘lgan chaqnashni suratga oldi. Fotosurat NASA saytida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur chaqnash o‘rta toifaga mansub.

Quyosh chaqnashlari — kuchli nur zarbi bo‘lib, ular Yer atmosferasini kesib o‘ta olmaydi va inson jismoniy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.

Quyosh dinamikasi rasadxonasi (Solar Dynamics Observatory, SDO) esa NASAning Quyoshni o‘rganuvchi kosmik uskunasi bo‘lib, fazoga 2010 yilning 11 fevralida “Yulduz bilan birgalikdagi hayot” (Living With a Star, LWS) loyihasi doirasida uchirilgan.

Top