12:19 / 25.08.2015
2893

Termizda "NOVA PHARM" qo‘shma korxonasining ikkinchi bosqichi ish tushdi

O‘zbekiston mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida Termiz shahridagi “NOVA PHARM” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Bu haqda UzA xabar bergan.

Termiz shahrida “NOVA PHARM” O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining dastlabki bosqichi ishga tushirilganiga to‘rt yil bo‘ldi.

Korxonaning ikkinchi bosqichida sifatli va noyob kukun, shifobaxsh damlama hamda turli siroplar ishlab chiqariladi.

Xabar qilinishicha, kelgusida viloyatda o‘sadigan turli giyohlardan tabiiy dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bir martalik shpritslar ishlab chiqaradigan texnologik uskunalar o‘rnatiladi. Ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladigan infuzion, in'yektsion eritmalar mazkur dori vositalarini xorijdan olib kelishga to‘liq barham berib, hatto chetga eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Viloyatda o‘sadigan shifobaxsh giyohlardan foydalanish ishlab chiqariladigan dori vositalarining tannarxi arzon bo‘lishini ta'minlaydi.

Top