15:39 / 25.08.2015
2771

Tojikistonda Facebook va YouTube to‘sib qo‘yildi

Tojikiston hukumati Facebook ijtimoiy tarmog‘i va YouTube videoxostingini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

"24 avgust kuni provayderlarga va kirishni cheklash bo‘yicha og‘zaki topshiriqlar berildi", deb ma'lum qilgan mahalliy internet-provayderlardan birining vakili.

Ma'lumot bergan manbaning aytishicha, 25 avgust kuni mamlakatdagi barcha internet provayderlar internet xizmatlarga ulanishni cheklash to‘g‘risidagi topshiriqlarni olishgan.

Tojikistondagi internet-provayderlar uyushmasi rahbari Asomiddin Atoyevning qo‘shimcha qilishicha, cheklash sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Top