01:01 / 25.08.2015
24168

Toshkent yaqinida yuz bergan yong‘in gaz quvuri portlashi oqibatida chiqqani aytilmoqda

24 avgust kuni soat 21:00 da Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumani “Do‘stlik aholi punkti (sobiq “Politotdel”) hududida magistral gaz quvurida avariya yuz bergan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili bergan ma'lumotda aytilmoqda.

Manbaning aytishicha, gaz quvuri portlashi oqibatida kimsasiz joyda yong‘in chiqqan. Falokat hech qanday insoniy qurbonlarga olib kelmagan.

“Ayni paytda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari va “O‘zbekneftegaz” MXK vakillari yong‘inni bartaraf qilish bo‘yicha ish olib bormoqdalar”, deb aytmoqda manba.

Manba, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli taxminlarni inkor etib, yaqin orada FVV voqea xususida rasmiy ma'lumot berishini aytib o‘tdi.

Top